Kamoliddin Tojiev, Jasur Hasanov va Davron Karimqulov 2tadan o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2014, 10:49
Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.
Oliy Liga
Dinamoga qarshi Oliy Liga 24-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan Lokomotiv yarim himoyachisi Jasur Hasanov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Paxtakorga qarshi 24-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan Metallurg yarim himoyachisi Davron Karimqulov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Metallurgga qarshi 24-tur uchrashuvida hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan Paxtakor himoyachisi Kamoliddin Tojiev 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Birinchi Liga
Ikkinchi bosqich 14-tur uchrashuvida nomaqul imo-ishorasi uchun maydondan chetlatilgan Xorazm himoyachisi Marat Hoshimov 2014 yilgi mavsum oxirigacha diskvalifikaciya qilindi.

Ikkinchi bosqich 15-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan Sho'rtan yarim himoyachisi Botir Qodirqulov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz