Kamoliddin Murzoev: "Navbahor" yangi futbolchilarining licenziyasini qaytarib olinishi va ochko olib tashlanishi mumkin"

Iskandarov Abdulaziz
12 avg 2025
"Navbahor"ning muammolari hali ijobiy echim topmagan ko'rinadi.

Gap shundaki, klubning o'zbekistonlik futbolchilar oldida qarzdorligi bor. Bu borada O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev fikrlarini bildirdi. 


"Xabaringiz bor, qarzdorlik bilan bog'liq muammolar sabab "Navbahor" jamoasiga yozgi transfer oynasi shartli ravishda ochib berilgan edi.

Klub esa 10 avgustgacha to'lash haqida kafolat bergan va to'lanmagan taqdirda ro'yxatdan o'tgan yangi futbolchilarning licenziyasi qaytarib olinishiga etiroz bildirmasliklarini aytishgan.

Bugun futbolchilar o'tishi va maqomi qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda "Navbahor" yangi futbolchilarining licenziyalari qaytarib olinib, keyingi chora sifatida ochko olib tashlash masalasi ko'tariladi",- deydi Kamoliddin Murzoev.

Ma'lumot uchun, "Navbahor" bugun Superliganing 18-turida "Bobur Arena"da "Andijon" mehmoni bo'ladi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia