Kamerun yoshlar termasidagi 30 futbolchidan 21 nafari yoshi kichraytirilgani ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
2 yanv 2023
Bu haqda Kamerun futbol federatsiyasi xabar bermoqda.

Bayonotga ko'ra, mamlakatning U-17 termasidagi o'yinchilarning ko'pchiligi Afrika Millatlar Kubogi saralashi oldidan o'tkazilgan yoshni aniqlash bo'yicha MRT tekshiruvidan o'ta olmadi.

“KFF shuni ma'lum qiladiki, bo'lajak musobaqa tayyorgarlik arafasida, U-17 terma jamoadagi 30 futbolchidan 21 nafari yoshni aniqlash uchun o'tkazilgan MRT tekshiruvidan o'ta olmagan.

Bu o'yinchilar tezda jamoadan chetlashtirildi. Ularning o'rnini bosadigan futbolchilar qidirish jarayoni esa allaqachon boshlab yuborilgan. Bu KFF prezidentining o'tmishda Kamerun futboliga putur etkazgan xujjatlarni soxtalashtirishga chek qo'yish bo'yicha aniq ko'rsatmalarining samarasi hisoblanadi.

Federatsiyamiz mazkur jarayonning barcha ishtirokchilarini yosh toifalariga rioya etilishini taminlashga chaqiradi”, deyiladi fedraciya xabarida.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: FECAFOOT