"Nasaf" Kamerun terma jamoasining sobiq a'zosi bilan shartnoma tuzishga yaqin

Khoja
10 yanv 2025
Ma'lumotlarga qaraganda, "Nasaf" Kamerun terma jamoasi sobiq a'zosi, 2017 yilgi Afrika chempioni Robert Tamb bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Chap oyoqda o'ynovchi 30 yoshli hujumchi jamoaning Turkiyadagi yig'inida qatnashadi.

Tamb o'tgan mavsum Qozog'istonning "Elimay" jamoasida 15 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi bahosi – 200 ming evro.

E'tiborlisi, forvard ko'pincha o'zi o'ynagan klublar – Slovakiyaning "Spartak", Ruminiyaning CHFK Kluj, Moldovaning "Sherif" jamoalarida chempionlikni qo'lga kiritgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia