Kamavinga va Rugani “Chelsi” hamda PSJga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi

Bu haqida “Renn” ustozi xabar qildi.

“Renn” bosh murabbiyi Jyulen Stefanning xabariga ko'ra, jamoa a'zolari - Daniele Rugani hamda yarim himoyachi Eduardo Kamavinga jarohat olib bir necha haftaga safdan chiqdi.

Rugani “Brest”, “Chelsi” va PSJga qarshi bahslarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Kamavinga ham mazkur bahslarda qatnashmasligi aniq.

26 yoshli Rugani joriy mavsum “Renn” safida 2 ta o'yinda qatnashib, Kamavinga esa 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.


Manba: Sport Express