Kalexon "Fiorentina"ga ko'chib o'tadi

Yarim himoyachi Xose Kalexon "Fiorentina" bilan shartnoma imzolash uchun "Napoli"ni tark etdi.

Fiorentina.it xabariga ko'ra, kelishuv 2 yilga mo'ljallangan bo'lib, ispaniyalik futbolchi bu davrda bonuslardan tashqari 4 million evro ishlab topadi. Shuningdek, bitim yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Kelishuv ertaga yakunlanishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, A Seriyaning o'tgan mavsumida 33 o'yin o'tkazgan Kalexon 4 ta gol urgan edi.


Manba: Fiorentina.it