Kalexon faoliyatini Turkiyada davom ettiradi?!

Alisher
11 apr 2020
"Fenerbaxche" rahbariyati "Napoli" hujumchisi Xose Kalexon bilan shartnoma imzolashga jiddiy tarzda qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchining neapolliklar bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsum so'nggida yakuniga etadi.

Xabarlarga ko'ra, turklar ayni paytda transferlar uchun pul sarflash imkoniyatiga ega emaslar, shu sababdan ular erkin agentlarni kuzatishmoqda.

Kalexon joriy mavsum "Napoli" safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: AS