Kafu: "Hozir Braziliya Jahon chempionatida g'alaba qozonishi uchun ideal vaqt"

Sherzod Nurmatov
16 noya 2022
Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Kafu Tite shogirdlarining Qatardagi Jahon chempionatida g'alabaga erishish imkoniyatlari haqida to'xtalib o'tdi.

"Braziliyada Yevropa ustunligini buzish uchun ajoyib imkoniyat bor. Ishonamanki, hozir biz g'alabaga erishishimiz uchun eng yaxshi vaqt. Nazarimda, Braziliya va Argentina – mundialning asosiy favoritlari. Bu jamoalar katta salohiyatga ega", – dedi Kafu.

Jahon chempionati Qatar futbol maydonlarida 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Braziliya terma jamoasi "G" guruhidan joy oldi va unda Serbiya, Shveytsariya va Kamerun terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Argentina Polsha, Meksika va Saudiya Arabistoni bilan bir kvartetda o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport