

Dastlab mehmonlar o'yinchisi Dae Von-Kim 12-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, mezbonlardan Son-Jon Kim 64-daqiqa muvozanatni tikladi. Bahs yakunlanishiga oz qolganda Xan Son Gyu "Suvon Siti"ga g'alaba golini taqdim etdi. "Kanvon"ning o'zbekistonlik himoyachisi Rustam Ashurmatov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Qayd etish kerakki, himoyachimizga 74-daqiqada sariq kartochka ham ko'rsatildi.
"Suvon Siti" - "Kanvon" 2:1
Gollar: Son-Jon Kim (64), Xan Son-Gyu (90+3) - Dae Von-Kim (12).
JANUBIY KOREYA K-LIGASI TURNIR JADVALI




