

Jumladan, Rustam Ashurmatov harakat qilayotgan "Gvangju" o'z maydonida “Tegu”ni qabul qildi va 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mezbonlar uchrashuvni 9 kishi bo'lib yakunlashgan. Li Min Ki hamda YO Bon Xun qo'polligi uchun hakam tomonidan chetlatilgan. Rustam Ashurmatov bahsni to'liq 90 daqiqa o'tkazdi.

"Seongnam" esa uyda “Pohang Stilers”ga yirik hisobda (0:4) imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvni zaxiradan boshlagan mezbonlar a'zosi Jamshid Iskanderov 70-daqiqada yarim himoyachi Son Min Chonning o'rniga maydonga tushgan.

TURNIR JADVALI




