Joze Mourinyu odatiy hayotni sog'inganini aytdi

Sherzod Nurmatov
1 may 2020
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu futbol va kundalik hayot haqida gapirdi.

"Futbolni sog'inmoqdaman. Ammo barcha kabi odatiy hayotimiz, dunyomizni sog'indim. Futbol - bu shunchaki haytimning bir qismi. 

Biz sabrli bo'lishimiz va koronavirusga qarshi jangda ishtirok etishimiz kerak.

Agar ushbu mavsumda qolgan to'qqiz uchrashuvni o'tkazsak, bu futbol uchun ham, Premer-liga uchun ham yaxshi bo'ladi.

Albatta, futbol tomoshabinlarsiz bo'lmaydi. Lekin kameralar mavjud yani o'yinni millionlab odamlar tomosha qilishadi. Shunday ekan, biz tomoshabinlarsiz stadionda maydonga tushsak ham, u bo'sh hisoblanmaydi", - dedi Mourinyu.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports