Joze Mourinyu "Al Ittihod" bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Nozimov Nig'monxo'ja
8 noya 2023
Jidda klubi Nunu Eshpiritu Santu bilan shartnomani bekor qilganidan so'ng yangi bosh murabbiy izlashni boshlab yubordi.

Ma'lumotlarga qaraganda, "Al Ittihod" "Roma" ustozi Joze Mourinyuni bosh murabbiy qilib olib kelmoqchi. 

Joze Mourinyu 2021 yildan beri Rim klubida ishlab kelmoqda. Ayni vaqtda "Roma" 17 ochko bilan turnir jadvalining ettinchi pog'onasida ketmoqda. Portugaliyalik mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum so'nggida yakunlanadi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com