

Blekbern juda yaxshi o'ynadi. Ular qo'rqmay harakat qilishdi. Agar biz bu raqibni mensimay tushganimizda muammolar paydo bo'lardi.
Chiroyli gol o'tkazib yubordik. Golda hech bir futbolchimizning aybi yo'q.
Sautgempton uxlab, eb, dam olib Angliya liga kubogi finaliga tayyorlanmoqda. Biz esa uchta og'ir bahs o'tkazishimiz kerak, – deydi Mourinyo.




