

Portugaliyalik mutaxassisning yaqin do'sti quyidagilarni ma'lum qildi:
"Uning keyingi maqsadi - "Manchester Yunayted"ga qaytish. Jozening u yerda tugallanmagan ishlari bor. Shuning uchun u MYUga qaytishni maqsad qilib qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, Mourinyo "Manchester Yunayted"da 2016 - 2018 yillar oralig'ida faoliyat olib borgan. MYU bilan portugaliyalik Yevropa Ligasi va Liga Kubogida zafar quchdi, ikkinchi mavsumida esa APLda 2-o'rinni egallagandi.



