Joze Mourinyo: "Himoya markazida uch futbolchi qoldi. Ter to'kib shug'ullanyapman, men ham u erda o'ynashim mumkin"

Aslanov Jasurbek
29 apr 2017
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Suonsi"Ga qarshi bahs oldidan tarkibdagi muammolar haqida gapirdi.

"Pogba "Selta"ga qarshi bahsgacha safga qaytadi. Omadimiz kelmayapti. Pol va Valensiya tomonidan olingan engil jarohatlar charchoq bilan bog'liq.

Himoya markazida Tuanzebe, Bayi va Blind qoldi. Erik va Deyli "Manchester Siti"ga qarshi bahda yaxshi o'ynashdi. Yigitlardan o'zini qanday his qilayotganini so'rashim kerak.

O'zim ham zalda ter to'kib shug'ullanayapman, yana bir variant sifatida maydonga tushishim mumkin. Mourinyo-Tuanzebe dueti!

Juda qiyin vaziyatdamiz. Bir uchrashuvda Roxo va Ibragimovich jarohat olishdi. Bu futbol tarixidagi o'zgacha voqealar safiga kirishi kerak. Bungacha yana shunday vaziyat bo'lgan. Smolling va Jons Angliya terma jamoasida shikastlanishdi" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru