

"O'yin tugamagunicha u bizning raqibimiz bo'ladi. O'yindan so'ng esa umuman boshqacha. Agar kimdir Chex sobiq jamoasiga yordam beradi degan fikrda bo'lsa Superkubok bahsiga qarasin. U g'alaba qozonishni istaydi. Har doimgidan ham ko'proq aynan bugun u g'alabani istaydi.
Umuman, o'yin yakunlangunicha u "Arsenal" darvozaboni. O'yindan so'ng esa u kiyinish xonamizga bemalol kirishi mumkin. Chex uchun doimo eshiklarimiz ochiq", - deydi Mourinyo.



