

"Grem Potter o'z ishini qoyilmaqom tarzda bajarmoqda. U doim bizga nima yoqishi yoki yoqmasligi bilan qiziqmoqda. Jamoada yangi talablar bor. Bizdan nima xohlashayotganini bilish va bir-birimizga yordam berishimiz kerak. "Zalcburg" – juda tajovuzkor jamoa, ular tez-tez tezkor hujumga o'tishadi. Bu o'yinga yaxshi tayyorlanishimiz lozim. Bu – Chempionlar Ligasi. Unda o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi", – dedi Jorjino UEFA rasmiy saytiga.




