Joan Laporta: "Barselona"dagi hamma hamma uchun kurashadi"

Mirjalol Normatov
4 apr 2025
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka minnatdorlik bildirdi.

Prezident va "Barselona" ustozi hayriya fondi tomonidan o'tkazilgan tadbirda ishtirok etishdi.

"Murabbiy, bu erga kelganingiz uchun rahmat. "Barselona"ni hurmat qilayotganingizni ko'rish biz uchun yoqimli. Xansi, o'z ishingizni yaxshi uddalayapsiz. Siz bilan bir tadbirda qatnashishdan xursandman.

"Barselona"da bazida hamma hamma uchun kurashishi kerak bo'lib qoladi. Bizdagi murabbiy esa bunday holatlarni juda yaxshi his qiladi. Biror yomon yangilik chiqib qolsa: "Bu takrorlanishidan qatiy nazar biz kurashishdan to'xtamaymiz", deydi", - deb fikrlarini bildirdi Laporta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo