Jo Koul: "Antoni qari emas, u hali yuqori darajasiga chiqishi kerak"

Omonjon To`xtamirzayev
24 sen 2024
"Chelsi" sobiq futbolchisi Jo Koul "Manchester Yunayted" futbolchisi Antoni nima uchun APLda o'zini ko'rsata olmayotgani haqida gapirdi.

"Gap shundaki, u Eredivizie uchun ideal futbolchi. Biroq jismonan talablar boshqacha bo'lgan APLda u qiynalmoqda.

U ajoyib texnikaga va mahoratga ega tirishqoq futbolchi. Antoni "Barnsli"ga qarshi o'ynini ko'rish yoqimli bo'ldi, lekin men bu mavsum u MYUning asosiy tarkibining muhim a'zosi bo'lib, jamoa o'yiniga ta’sir o'tkaza olganini ko'rmadim hamda buni o'zgartirishi ham qiyin bo'ladi.

O'ylashimcha, "Manchester Yunayted" Antoni bilan baribir xayrlashadi. U hali qari emas, barchasi yaxshi ketsa, yaqin yillarda u o'zining eng zo'r formasiga chiqadi. Nazarimda, u ligani alishtirishi kerak".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mirror.co.uk