

Statistikaga e'tibor beradigan bo'lsak, "qaldirg'ochlar" so'nggi bor "So'g'diyona" maydonida 2018 yil Mirjalol Qosimov ustozligida ortga g'alaba bilan qaytgan. Keyingi 4ta bahsda mezbonlar 2 bor uch ochkoga ega chiqqan bo'lsa, yana 2ta bellashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlagandi.
12.05.2018. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 1:2
10.03.2019. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 2:1
20.08.2020. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 3:3
16.09.2021. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 0:0
01.08.2022. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" 2:0
Jamoa navbatdagi turni 13 mart kuni "Paxtakor" stadionida AGMKga qarshi o'tkazadi. "Bunyodkor" AGMK bilan 7ta o'yindan beri maydonni 3 ochkosiz tark etmoqda. So'nggi g'alaba 2019 yilda Vadim Abramov boshchiligida qo'lga kiritilgan. Xo'sh, Murod Otajonov "Bunyodkor" ustozi sifatidagi ilk urinishida Jizzaxdagi "qora" ananaga barham berdi. Endigi navbat AGMK bilan hisob-kitobgami?



