

Murod Otajonov 1966 yilning 9 may kuni Chimkent shahrida (Qozog'iston Respublikasi) tug'ilgan. 17 yoshida professional futbolga kirib kelgan va 1983 yili Qozog'istonnning “Jiger Chimkent“ jamoasi tarkibida o'z faoliyatini boshlagan. Shuningdek, “Aktobe“ (1985-1986), “Jiger Chimkent“ (1987),”Yoshlik“ (Jizzax, 1988–1989), “Neftyanik” (hozirgi “Neftchi” Farg'ona, 1990-1991), “So'g'diyona“ (Jizzax, 1992-1994), “Paxtakor“ (Toshkent, 1994-1997), “Nasaf“ (Qarshi, 1998), “Xorazm” (1999-2000) “Metallurg“ (Bekobod, 2001), “Ordabasi- 2“ (Chimkent, 2003-2005) jamoalari sharafini himoya qilgan.
O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida to'rtta uchrashuvda maydonga tushgan.
2008 yildan e'tiboran Toshkentning “Bunyodkor“ klubi murabbiylar shtabida ish boshlagan va bosh murabbiy Mirjalol Qosimovga yordam bergan. Qolaversa, “Guliston“ (Guliston, katta murabbiy, 2011), “Bunyodkor“ futbol Akademiyasi katta murabbiyi (2012),”Bunyodkor-2“ jamoasi bosh murabbiyi, “Sho'rtan“ yordamchi murabbiyi (G'uzor, 2018), “Bunyodkor“ (bosh murabbiy, 2023) jamoalarida samarali mehnat qilib keldi. Murod Otajonov bugungi kunda “Bunyodkor U-19” jamoasiga ustozlik qilmoqda. O'zbek futboliga istedodli yoshlarni etkazib berishda barchaga o'rnak bo'lyapti. Takidlash joizki, u kishi yosh futbolchilar bilan ishlashni xush ko'radi. Ayni paytda Murod aka shogirdlari O'zbekiston U-19 chempionatida yetakchilar safida boryapti. “Bunyodkor” U-19 jamoasi negizini esa asosan 2008, 2009 hamda 2010 yillarda tug'ilgan o'smirlar tashkil etayotgani ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi...
Fursatdan foydalanib, o'z davrining eng kuchli himoyachilaridan sanalgan Murod Otajonovni bugungi shukrona kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. U kishiga uzoq umr, mustahkam sog'lik, oilaviy tinchlik xotirjamlik, barcha samimiy tilaklar va ezgu niyatlar hamrohlik qilishini tilab qolamiz.
Hurmat bilan, “championat.asia” jamoasi











