"Bunyodkor" ustozi: "O'yin qiyin kechdi, biroq bahsni ko'rmaganlar hisobga qarab, osongina yutishibdi deyishlari mumkin"

Aslanov Jasurbek
18 mar 2023, 19:58
"Andijon" hamda "Bunyodkor" o'rtasidagi Superliganing 3-tur o'yinidan (0:3) so'ng "qaldirg'ochlar" ustozi Murod Otajonov uchrashuv borasidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

Murod Otajonov: "Jamoamizning o'yni endi shakllanyapti. O'yin qiyin kechdi, biroq bahsni ko'rmaganlar 3:0ga osongina yutishibdi deyishlari mumkin. Lekin unday emas. "Andijon" bizga muammolar tug'dira olishdi. Yigitlarimizga rahmat aytmoqchiman, ular oxirigacha borini berib o'ynashdi. Qancha ko'p mana shunday qiyin o'yinlar bo'lsa, futbolchilarda tajriba va mahorat oshadi. Bahs oxirida yoshlarni maydonga tushirdik va ularni shu tarzda o'stirib boramiz".



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia