Murod Otajonov: "Bugun teng kuchli ikki jamoa o'rtasidagi o'yinga guvoh bo'ldik"

Administrator
12 apr 2023
O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Murod Otajonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

" - Yaxshi o'yin bo'ldi. Har ikki jamoa ham teng kuchdagi jamoa ekani o'yin davomida ko'rindi. Bitta gol urgan tomon yutib ketadigan o'yin edi.

Bugun ko'proq yoshlarga imkoniyat berdik. O'yindan keyingi xulosa, jamoamiz yoshlari kuchli raqib qarshisida o'zlarini yomon ko'rsatishmadi. Yoshlar bizning, jamoamizning kelajagi hisoblanishadi.

O'yin durang bo'ldi, 0:0 hisobidagi natija. Kubok o'yinlaridagi g'alaba chempionat o'yinlarida motivaciya berardi. Biz shuni tushungan xolda harakat qildik. Takror aytaman, bugun ikkita teng kuchli jamoa o'rtasidagi o'yinga guvoh bo'ldik.

Maydon sifati yaxshi darajada ekan. Masalan bizning "Bunyodkor" stadionida ham, bu maydonda ham U-20 Osiyo kubogi o'yinlari o'tkazildi. "Istiqlol" chimlari a'lo darajada parvarishlanibdi. Shuningdek, "Paxtakor" maydoni ham eng yaxshilaridan biri" - deydi "Bunyodkor" ustozi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia