

Ushbu musoboqada uyushmagan yoshlardan tashkil topgan 12 ta jamoa, 330 dan ko'proq yoshlar ishtirok etdi.
Yakunda, "Zilol" mahallasining "Istiqlol" jamoasi 1-o'rinni, "Hayrabod" mahallasining "Hayrabod-2" jamoasi 2-o'rinni, "Sayiljoyi" mahallasining "Arsenal" jamoasi 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.
Ushbu musobaqada "Eng yaxshi darvozabon" Husan Qo'chqorov, "Eng yaxshi to'purar" Hasan Qo'chqorov, "Eng yaxshi futbolchi" Qahramon Bahodirov munosib deb topildi. G'oliblar musobaqa tashkilotchilari tomonidan sertifikatlar va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Dildora Xolboeva
Jizzax shaxridan maxsus




