Jiru juma kuni "Milan" bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
14 iyul 2021, 11:39
"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru faoliyatini "Milan"da davom ettiradi.

O'yinchi italyan klubi bilan juma kuni, aniqrog'i 16 iyul kuni shartnoma imzolaydi.

35 yoshli francuz "Milan" bilan ikki yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Transfer narxi 1 million evroni tashkil etadi.

Jiru 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport