"Jirona" rekord transferni amalga oshirdi

Mirjalol Normatov
24 avg 2024
"Jirona" "Uotford" futbolchisi Yaser Asprilya bilan shartnoma imzoladi.

20 yoshli kolumbiyalik futbolchi Kataloniya klubi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Hozircha "Jirona" transferning ma'lumotlarini ochiqlaganicha yo'q. Fabricio Romanoning yozishicha, transfer summasi 18+7 mln evroni tashkil qilgan. Bu esa "Jirona" uchun rekord hisoblanadi.

Asprilya o'tgan mavsumda "Uotford" tarkibida 44 o'yinda 6 gol va 7 assist qayd etgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/GironaFC