"Jirona" Chempionlar ligasiga chiqdi! Jamoa tarixida ilk bor evrokuboklarda ishtirok etadi

Alisher
5 may 2024
"Jirona" 2024/25 yilgi mavsum Chempionlar ligasida o'ynaydi.

Jamoa La Liga 34-turi doirasida o'z uyida "Barselona" (4:2)ni mag'lub etdi va turnir jadvalida raqibdan o'tib ketgan holda ikkinchi o'ringa chiqdi.

"Jirona" (74 ochko) Ispaniya chempionati yakunlanishiga 4 tur qolganda Chempionlar ligasiga yo'llanma bermaydigan beshinchi o'rinda ketayotgan "Atletik" (Bilbao)dan 13 ochko o'tib ketgan.

"Jirona" o'z tarixida ilk bor evrokuboklarda ishtirok etadi. Jamoa oliy ispan divizionidagi to'rtinchi mavsumini o'tkazmoqda.


→ LA LIGA TURNIR JADVALI




AlisherMuallif
Manba: championat.asia