Jilardino: "Vlaxovich top-klubda o'ynashga tayyor"

Alisher
19 noya 2021
"Fiorentina" sobiq hujumchisi Alberto Jilardino jamoa forvardi Dushan Vlaxovich haqida gapirdi.

"U - zamonaviy markaziy hujumchi. U top-klublarda o'ynashga tayyor, doim borini beradi. Hozirda uning shartnomasi bilan bog'liq vaziyatni muhokama qilish qiyin", - deydi Jilardino.

21 yoshli o'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Hujumchi joriy mavsum "Fiorentina" tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia