

"Uning o'rnida bo'lganimda bunday qilmasdm. U juda katta tavakkalga qo'l urdi deb o'ylayman. Trent ajoyib futbolchi, iqtidorli, men ko'rgan eng yaxshi pas beradigan o'yinchilardan biri. U Bekxem va Skoulz bilan bir darajada, bu borada shubha yo'q.
Ammo u o'zining eng yaxshi yillarida "Liverpul"ni tark etib tavakkal qildi, jamoa unga yangi shartnoma taklif qilayotgan edi. Trentning rejalari amalga oshadi degan umiddaman, chunki men bu yigitni haqiqatdan ham yaxshi ko'raman.
Uning nega bunday qaror qabul qilganini tushuna olaman - "Real"da Trentning eng yaqin do'sti [Jud Bellingem] o'ynaydi. Balki u o'zini sinab ko'rishni xohlagandir. Axir u "Liverpul" bilan hamma sovrinni yutgan. Shu tomonlama men uni tushunaman.
Biroq agar bu qarorga "Liverpul" muxlisi nuqtayi nazaridan qarasam - nima qilayapsan o'zi? Sen Yevropaning eng kuchli jamoalaridan birida eding, men hali ham orzu qiladigan evrokuboklarni yutgansan. Sen asosiy futbolchilardan bir eding. Muxlislar seni jon-dilidan sevardi. Nima qilayapsan? Lekin men buni muxlis sifatida aytayapman", - dedi "Liverpul" sobiq sardori Rio Ferdinandga bergan intervyusida.



