Jerom Etame: "Navbahor", "Paxtakor", "Nasaf" boshqalardan ko'ra ancha ilgarilab ketishgan"

Mirjalol Normatov
4 sen 2022, 00:55
Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/4 finali doirasida "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" futbolchisi Jerom Etame o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Birinchi bo'limda o'yin unchalik o'xshamadi. Ikkinchisida ko'proq hujum qildik. Bo'lib turadi. Bu futbol. Keyingi o'yinlarda yutishimiz kerak.

- Bugun "Lokomotiv" ko'proq himoyaga e'tibor qaratdi. Keyingi o'yinlarda jamoa qanday o'yin ko'rsatmoqchi?

- Keyingi yildan umidimiz katta. Ungacha o'yinni topib olishimiz kerak. Kubokda ham uzoqroqqa borishni istaymiz. "Nasaf" esa bugun ham yaxshi o'ynadi.

- Superligadagi kelgusi rejalar qanday?

- 5-o'rinni egallash. "Navbahor", "Paxtakor", "Nasaf" boshqalardan ko'ra ancha ilgarilab ketishgan.

- So'nggi o'yinlarda gol ura olmayapsiz. Bu nima bilan bog'liq?

- Bu futbol. Bo'lib turadi. Bugun urmasang, ertaga urasan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia