Jerar Pike: "Yevropada "Real"ni emas, "Barselona"ning o'yinlarini ko'rishni xush ko'rishadi. "Barsa"ning muxlislari ko'proq"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2024
Jerar Pikening takidlashicha, futbol muxlislari ko'proq "Real"ni emas, "Barselona" o'yinlarini tomosha qilishar ekan.

- Kules ("Barselona" muxlislari) o'zlarini futbolni kashf qilganlar deb hisoblashadi.

- Agar Yevropadagilardan, qaysi klub o'yinlarini ko'proq tomosha qilasiz, "Barselona" yoki "Real" deb so'rasangiz, "Barsa" deb javob berishadi.

- Bo'lishi mumkin emas. "Barselona" og'ir damlarni boshidan o'tkazyapti, "Real" esa LaLiga yetakchisi.

- "Barselona" o'yinlarini "Real"nikidan ko'proq ko'rishadi. Masalan, "Madrid" - "Osasuna" bahsini 600 000 muxlis ko'rdi. "Granada" - "Barsa"ni esa 1 040 000" - dedi "Barselona" sobiq himoyachisi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca