Jeko “Roma”ning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Montellaga yetib oldi

24 fev 2020, 08:32
“Roma” A Ceriyaning 25-turida “Lechche”ni 4:0 hisobida engdi.

Uchrashuvdan gollardan biriga Edin Jeko mualliflik qildi. Bu 33 yoshli hujumchi uchun “Roma” safidagi 102-gol bo'ldi. Natijada Jeko “Roma” tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 6-o'ringa ko'tarildi. Jamoaning sobiq futbolchisi Vinchenco Montella hisobida ham 102 ta gol bor.

Jekodan oldinda Pedro Manfredini (104 gol), Rodolfo Volk (106), Amadeo Amadei (111), Roberto Prucco (138) i Franchesko Totti (307) bor.


Manba: Opta