Jeko "Inter"ga transferi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Milanga keldi

Alisher
11 avg 2021
"Roma" hujumchisi Edin Jeko "Inter"ga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Milanga keldi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 35 yoshli bosniyalik futbolchining "neradzurrilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Jeko 2020/21 yilgi mavsum "Roma" tarkibida 38ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 4 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano