JCH-2026 saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi

Sherzod Nurmatov
13 dek 2024, 17:36
Bugun, 13 dekabr kuni Cyurixda (Shveytsariya) futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionati saralashiga qur'a tashlandi.

Jahon chempionatining final qismi 2026 yilning yozida AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.


Qur'a natijalari

"A" guruhi:

Germaniya–Italiya o'yini g'olibi, Slovakiya, Shimoliy Irlandiya, Lyuksemburg


"B" guruhi:

Shveytsariya, Shvetsiya, Sloveniya, Kosovo


"C" guruhi:

Portugaliya-Daniya o'yinida mag'lub bo'lgan jamoa, Gretsiya, Shotlandiya, Belarus


"D" guruhi:

Fransiya-Xorvatiya o'yini g'olibi, Ukraina, Islandiya, Ozarbayjon


"E" guruhi:

Ispaniya-Niderlandiya o'yini g'olibi, Turkiya, Gruziya, Bolgariya


"F" guruhi:

Portugaliya-Daniya o'yini g'olibi, Vengriya, Irlandiya, Armaniston


"G" guruhi:

Ispaniya-Niderlandiya o'yinida mag'lub bo'lgan jamoa, Polsha, Finlyandiya, Litva, Malta


"H" guruhi:

Avstriya, Ruminiya, Bosniya, Kipr, San-Marino


"I" guruhi:

Germaniya-Italiya o'yinida mag'lub bo'lgan jamoa, Norvegiya, Isroil, Estoniya, Moldova


"J" guruhi:

Belgiya, Uels, Shimoliy Makedoniya, Qozog'iston, Lixtenshteyn


"K" guruhi:

Angliya, Serbiya, Albaniya, Latviya, Andorra


"L" guruhi:

Fransiya-Xorvatiya o'yinida mag'lub bo'lgan jamoa, Chexiya, Chernogoriya, Farer orollari, Gibraltar


2026 yilgi Jahon chempionatida Yevropani 16 ta jamoa himoya qiladi. 12 ta guruh g'olibi to'g'ridan-to'g'ri final bosqichiga yo'l oladi va qolgan to'rtta o'rin uchun ikkinchi o'rinni egallagan 12 jamoa hamda Millatlar Ligasi orqali saralangan to'rtta jamoa ishtirokidagi pley-off o'yinlarida o'ynaydi.

2026 yilgi JCH saralashining guruh bosqichi 2025 yilning martidan noyabrigacha davom etadi. Pley-off o'yinlari 2026 yil 26-31 mart kunlari o'tkaziladi.

JCH-2026 o'yinlari Kanada, Meksika va AQSHning 16 ta shahrida bo'lib o'tadi. Finalga 2026 yil 19 iyul kuni Nyu-York mezbonlik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia