JCH-2022. Niderlandiyaga qarshi bahs oldidan Argentina TJning 2 asosiy futbolchisi safga qaytdi

Eldor Akmurzayev
9 dek 2022, 09:05
Bugun, 9 dekabr kuni Qatardagi mundial chorak finalidan o'rin olgan Niderlandiya – Argentina (23:59 da bosh.) bahsi bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv oldidan argentinaliklar safida Rodrigo De Paul va Anxel Di Mariya jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shildi.

De Paul chorshanba kuni mashg'ulotlarda qatnashmadi, ammo bosh murabbiy Lionel Skaloni uning jarohat olganini rad qilgandi. U bo'lajak bahs oldidan boshqa futbolchilar kabi intensiv tarzda tayyorgarlik olib bordi. 

Di Mariya esa mushaklari zo'riqqani Avstraliyaga qarshi bahsni o'tkazib yuborgandi. Hozirda "Yuventus" a'zosining holati yaxshiligi aytilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Mundo Deportivo