"Atletiko" 10 yillik futbolchisini sotib yubordi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2025
Anxel Korreya "Atletiko"ni tark etdi.

Futbolchi Meksikaning "Tigres" jamoasiga o'tdi. "AS" ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubi futbolchining transferidan 10-11 mln evro ishlab oldi.

Argentinalik futbolchi 2015/16 yilgi mavsumdan buyon "Atletiko"da o'ynayotgandi. U umumiy hisobda 469 o'yinda qatnashgan va bu "Atletiko" tarixidagi eng yaxshi 6-natija hisoblanadi. Shu davr mobaynida u 88 gol urdi va Ispaniya chempionati, Yevropa ligasi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS