"Jayxun" bosh murabbiyi Aybek Nurbaev: "Jamoani o'zimiz yig'dik, buyog'iga ham o'zimiz javobgar bo'lamiz"

25 apr 2026, 20:23
Proliga 5-turdan o'rin olgan "Jayxun" – "TerDU" bahsi 0:0 hisobida yakun topdi.

O'yindan keyin "Jayxun" bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Umuman olganda yomon o'ynamayapmiz, lekin natija bo'lmayapti. Balki tajriba yetishmayotgandir. To'g'risini aytsam, bu vaziyatni nima deb izohlashni ham bilmayman. Asosiy ayb o'zimda bo'lsa kerak. Jamoani o'zimiz yig'dik, buyog'iga ham o'zimiz javobgar bo'lamiz. Yigitlarda harakat bo'lyapti, lekin natija kelmayapti. Beshta o'yindan so'ng hisobimizda atigi bir ochko bor.


Manba: championat.asia