Javohir Sidiqov: "Bunyodkor"ning kuchli va zaif nuqtalarini yaxshi bilardik"

Mirjalol Normatov
17 apr 2021
Superliganing 6-turi doirasida "Bunyodkor" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin uchrashuvda hisobni ochgan Javohir Sidiqov fikrlarini bildirib o'tdi.

- Toshkent derbisi qanday o'tdi?
- O'yin qiyin o'tishini barcha bilib turgandi. "Bunyodkor" - qiyin raqib. "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin "Bunyodkor" bilan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik boshlandi. Murabbiylar shtabi o'yin uchun maxsus ko'rsatmalar bera boshlashdi. Raqiblarni puxta o'rgandik. "Bunyodkor"ning kuchli va zaif nuqtalarini yaxshi bilib oldik. Bugun mana natijasi ko'rindi. Barchasi ajoyib bo'lganidan xursandman.

- 5-turga kelib, jamoa g'alabaga erishdi. Bu kech emasmi?
- Hamma narsa tezda bo'lmaydi. Undan tashqari, "Lokomotiv"ga yangi bosh murabbiy keldi, jamoa tarkibidagi ko'plab futbolchilar hali yangi. Mag'lubiyatlardan keyin o'z o'yinlarimizni yaxshilab taxlil qildik. Barcha futbolchilar murabbiyning o'yin uslubini qo'llab-quvvatladi. Nima bo'lgan taqdirda ham biz murabbiyimiz tomonidamiz. G'alabalar esa futbolchilarga xarakter taqdim qiladi.

- Jamoa mamuri Ulug'bek Usmonxo'jaevni tug'ilgan kuni bilan qay tariqa tabrikladingiz?
- G'alaba bilan. Ertaga mashg'ulotlarda ularni "koridor"dan o'tishini kutamiz. Bu bizning asosiy sovg'amiz (kuladi).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати