Javohir Qahramonov "So'g'diyona" bilan kelishuvni uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023
Tajribali yarim himoyachi Javohir Qahramonov 2023 yilgi mavsumda ham jizzaxliklar sharafini himoya qiladi.

Javohir Qahramonov bilan shartnoma muddati 2023 yilning 1 dekabrigacha uzaytirildi.

Ma'lumot o'rnida, Javohir Qahramonov o'tgan yili 37 ta o'yinda ishtirok etib, jami 2923 daqiqa harakat qildi.

Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, Superliga o'tgan mavsumida 25 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va 3 ta golga pas uzatdi. OFK Kubogi doirasida 6 ta o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi hamda 1 ta assist qayd etdi. O'zbekiston Kubogida 5 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta golga assistentlik qildi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати