Jasur Jaloliddinov: "Ijara haqida o'ylayotganim yo'q"

Aslanov Jasurbek
2 avg 2020
Yaqinda Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi a'zosiga aylangan Jasur Jaloliddinov kecha "Tezkor Studiya" loyihasining mehmoni bo'ldi.

Iqtidorli yarim himoyachining boshqa jamoalarga ijaraga berishi yoki "Bunyodkor"ga ijara asosida qaytishi haqida ko'p gapirilmoqda. Bu borada uning o'zi jonli efir davomida fikrini bildirdi. 

"Jamoaga moslashib kyetishim yaxshi kechmoqda. Murabbiy bilan kelgan kunim va kecha mashg'ulotlardan keyin ham gaplashdim. "Lokomotiv" meni ijaraga berib yuborishi haqida turli gaplarni o'qiyapman. Bu haqida shaxsan o'zimga hali hech narsa aytishmadi. Bosh murabbiy, klub direktori bilan ham munosabatim yaxshi. Reja bo'yicha "Zenit" bilan uchrashuvga tayyorgarlik ketmoqda. Ijarada biron bir jamoaga ketsam ham katta narsa yutqazaman deb o'ylamayman. Asosiy narsa shartnoma tuzish edi. Bir yoki ikki yillik emas, kelajakni o'ylagan holatda besh yillik shartnoma tuzdim. Ijara haqida esa o'ylayotganim yo'q",- deydi Jasur Jaloliddinov.

 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia