Superliga. "Lokomotiv" "Xorazm" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2026, 18:55
Superliga 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Xorazm" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 6-tur

“Lokomotiv” - “Xorazm” 1:1

7 aprel. Toshkent. “Olimpiya” stadioni. 17:00

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzaqov, Sanjar Nazarov

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Kristina Sereda

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Sherzod Rajabov.

Gollar: Yanis Leri 66, - 0:1 (Elzio Lohan). Temurxo'ja Abduxoliqov 81, - 1:1 (Suhrob Nurulloev).

🚂 "Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 5.Anzur Ismoilov (7.Quvonchbek Abraev, 85), 8.Bilol Tupliev (61.Nurlan Ibraimov, 65), 9.Suhrob Nurulloev (10.Shodiyor Shodiboev, 85), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandar Shushnyar, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Sunnatilla Poyonov (33.Oleg Zoteev, 65), 28.Shuhrat Muhammadiev, 70.Muhammadali Reimov (99.Muhriddin Zoirov, 76).

Zaxira: 16.Danil Baklanov, 21.Ilya Yyelichich, 45.Yovan Nishich, 88.Islombek Baratov.

🐴 "Xorazm": 33.Nikola Stoshich, 5.Abbos Otaxonov, 13.Elzio Lohan, 15.Diyor Ortiqboev (11.Danila Ejov, 78), 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 79.Azizjon Axrorov (7.Temur Ismailov, 63), 94.Rustam Abduhamidov (17.Daniil Nugmanov, 78), 96.Rafael Sabino (8.Nodir Abduxoliqov, 32), 97.Bubakar Traore (10.Yanis Leri, 63).

Zaxira: 1.Mashhur Muhammadov, 3.Ravshanbek Sultanov, 6.Shohjahon Sultonmurodov, 88.Abror Xo'sinov.

MATNLI TRANSLYATSIYA


90+7. O'yin tugadi. “Lokomotiv“ - “Xorazm“ 1:1.

90+5. UXXX! Zoteevning chap qanotdan uzatgan to'pi "Xorazm" himoyachisining qo'lig tekkandek ko'rindi. Bosh hakam VAR ni tingladi va penaltiga asos yo'qligini ko'rsatdi. O'yin davom etadi

90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shildi

90. Zarba! Nurlan Ibraimovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llgan zarbasini Stoshich qaytardi

85. O'zgarish. “Lokomotiv“. Ismoilov va Nurulloev o'rniga Abraev va Shodiboev tushdi

81. GOL! TEMURXO'JA ABDUXOLIQOV! Nurulloevning to'p uzatishidan keyin Temurxo'ja gol urdi - 1:1.

78. O'zgarishlar. “Xorazm“. Ortiqboev va Abduhamidov o'rniga Ejov va Nugumanov tushdi

76. O'zgarish. “Lokomotiv“. Reimov o'rniga Zoirov tushdi

66. GOL! YANIS LERI! Maydon markazida Ortiqboev to'pni raqibdan olib qo'ydi va Abduhamidovga uzatdi, Rustamning uzatmasidan keyin Leri gol urdi - 0:1.

65. O'zgarishlar. “Lokomotiv“. Tupliev va Poyonov o'rniga Ibraimov va Zoteev tushdi

63. O'zgarishlar. "Xorazm". Ahrorov va Traore o'rniga Ismoilov va Leri tushdi

57. ZARBA! Tupliev-Poyonov-Abduxoliqov kombinaciyasini Tupliev zarba bilan tugadi, noaniq

51. Xavfli vaziyat! “Xorazm“dan hujum, Abduhmidovning uzatgan to'pini Ahrorov darvozaga yo'llashga urindi, o'xshamadi

48. UXXX! Kozlov hozir sal qolsa o'z darvozasiga gol olib kelishi mumkin edi, Bubakar Traore gol urishi mumkin edi!

46. Ikkinchi taym boshlandi

45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45+1. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

45. Zarba! Nurulloevning zarbasi o'xshamadi, noaniq

40. Zarba! Temurxo'janing jarima maydoni tashqarisidan tepgan to'pi noaniq ketdi

39. ZARBA! Ivanovning uzoqdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi!

38. “Xorazm“da burchak to'pi, Abduxoliqovning uzatmasini Abduxoliqov qaytardi 😁

35. Xavfli vaziyat! Reimovning to'p uzatishidan keyin Poyonov zarba bera olmadi, Hamidjonov bu vaziyatda jamoani qutqardi!

33. Zarba! Reimovning to'p uzatishidan keyin Tupliev jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'p himoyachiga tegib qaytdi

32. Majburiy o'zgarish. “Xorazm“. Sabino o'rniga Abduxoliqov

28. Rafael Sabinoga shifokorlar yordam ko'rsatishdi, o'yin davom etdi

24. UXXX! Tuplievdan to'p uzatish, Nurulloev to'pni darvozabon ustidan tashlab qo'ydi, ammo noaniq

23. QANDAY VAZIYAT! Azizjon Ahrorov birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo zarba berishni cho'zib yubordi va Kucherenko to'pni olib qo'ydi. 🤷‍♂️

16. Zarba! Ivanovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib maydonni tark etdi

12. UXXX! Yana xavfli vaziyat! Pirmuhammadovning chap qanotdan uzatgan to'pini Ahrorov darvozaga zarba berdi, noaniq! ❌

3. UXXX! Xavfli vaziyat! Chap qanotdan Abduhamidov oldinga o'tib to'pni sherigiga uzatdi, Bubakar Traore to'pga eta olmadi! 🔥

1. O'YIN BOSHLANDI!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia