Janubiy koreyalik futbolchi "Bordo" bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 15:26
"Bordo" futbol klubi janubiy koreyalik futbolchi bilan o'z safini to'ldirdi.

Janubiy Koreya termasi hujumchisi Xvang Ui Jo "Osaka" klubidan "Bordo"ga o'tdi. Bu haqda Fransiya klubi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

26 yoshli Xvang (termasi tarkibida 26 o'yin, 8 gol) yakunlangan mavsum J-Ligada "Osaka" tarkibida 19 o'yinda qatnashib, 4 gol kiritdi va 1 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: witter.com/girondins