Janubiy Koreya. Zoteev debyut o'tkazgan o'yinda jamoasi mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2020
Janubiy Koreya K-2 Ligasi 8-turi doirasida "Chonnam Dragons" jamoasi o'z maydonida "Suvon"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Qayd etish kerak, uchrashuvda yaqindagina "Lokomotiv"dan kyetib, "Chonnam Dragons" tarkibiga borib qo'shilgan Oleg Zoteev ham qatnashdi va jamoadagi debyutini amalga oshirdi.

"Chonnam Dragons" - "Suvon" 1:2

Gollar: Cho YU-Min (62), Danilo Alves (65), Li Jong Xo (67).

"Chonnam Dragons": Park Jun Xyuk, Choy Xyo-Jin, Oleg Zoteev, Kim Ju-Von, Park Chan-Yong, Li Xu-Kvon (Xa Seun-Gun, 46), Lim Chang-Kyun (Im Chan-Vol, 64), Kim Xyeon-Ug, Jong Xo-Jin, Li Jong-Xo, Chu Jeong-Xo (Yulian Kristofersen, 64).

"Suvon": YU Xyun, Li Xan-Sam, Park Min-Gyu,  Li Ji-Xun (Choy Jong-Xvan, 70), Kim Geon-Ung (Marlon, 46), Choy YU-Min, Xan Jong-U (Danilo Alves, 17), An Byung-Jun, Masatoshi Ishida, Jang Seong-Ja, Mo Ja-Xyon.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia