Janubiy Koreya. "O'zbekcha" derbida Iskanderov jamoasi g'alabaga erishdi

Mirjalol Normatov
26 sen 2021
Koreya K-Ligasining 32-turi doirasidagi "Seongnam" - "Kanvon" uchrashuvi yakuniga etdi.

Unda mezbon jamoaning ishonchli hisobdagi g'alabasi kuzatildi. Qayd etish kerak, bahsda vatandoshlarimiz ham ishtirok etishdi. Jamshid Iskanderov 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan bo'lsa, mehmonlar tarkibidagi Rustam Ashurmatov to'liq 90 daqiqa harakatlandi.

"Seongnam" - "Kanvon" 2:0

Gollar: Ma Sang-Xun (34, 74).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia