

O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi o'z uyida "Seul E-Lend"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Ashurmatov mazkur o'yinda doimgidek to'liq 90 daqiqa harakat qildi. "Gvangju" 30 turdan so'ng 61 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda. Chempionat yakunlanishiga esa 6 tur qolgan. "Gvangju" esa ikkinchi o'rindagi "Busan I'Park"dan 8 ochko ilgarilab ketgan.
Janubiy Koreya. K2 ligasi. 30-tur
"Gvangju" - "Seul E-Lend" 3:1
Gollar: Ju-Gun Kim (13), Xyon-Sok Du (18), Felipe De Souza Silva (62) - Ki-Yong Von (51).




