Iyuldan “Chelsi” safiga kelib qo'shiladigan Ziesh va Verner APL joriy mavsumida maydonga tushadimi?

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2020
“Chelsi” ustozi Frenk Lempard shu masalada javob qaytardi.

Avvalroq, “aristokratlar” “Ayaks”dan Hakim Ziesh hamda “Leyptsig”dan Timo Vernerning transferlarini e'lon qilgandi.

“Biz rejalarni tayyorlash jarayonidamiz. Xakim uzoq vaqtdan buyon o'ynamagan, Timo esa o'tgan hafta oxirida mavsumni yakunladi, shu tufayli ularga boshqacha yondashuv kerak”, deydi mutaxassis.

Shuningdek, har ikkala futbolchi chempionatning bu mavsumida klubga yordam berolmasligi va asosiy e'tibor 2020/21 mavsum tayyorgarligiga qaratilishi qo'shimcha qilingan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24