

O'yindan so'ng jamoa hujumchisi, o'yinda dubl qayd etgan futbolchi Ixtiyor Toshpo'latov o'yin borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Og'ir o'yin bo'ldi. Bir jamoa bo'lib harakat qildik. "Obod"jamoasi bilan bahsga jiddiy hozirlik ko'rgan edik. Bizga g'alaba judayam zarur edi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarimizga raxmat. Bugungi g'alabani aynan ularga bag'ishlaymiz. Keyingi o'yinlarda ham ularni xursand qilishda davom etamiz degan umiddaman - deydi Toshpo'latov.
"So'g'diyona" matbuot xizmati




