Ivan Nagaev "Lokomotiv"ga qaytdi

Alisher
14 iyul 2022
Hujumchi Ivan Nagaev Toshkentning "Lokomotiv" klubiga qaytdi.

"Nagaev 5 yillik tanaffusdan so'ng "Loko"ga qaytdi.

2013-2016 yillarda jamoamiz sharafini himoya qilgan Ivan Nagaev yana "Lokomotiv"ga qaytdi. U "temiryo'lchilar" bilan bugun shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Nagaev "Lokomotiv"dagi faoliyati mobaynida Oliy liga bahslarida 45ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol urgan.

Jamoamiz tarkibiga qo'shilgan ushbu hujumchidan yanada ko'proq gollar kutib qolamiz", - deyiladi klub xabarida.



AlisherMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати