Italiya terma jamoasini mundialga olib chiqolmagan murabbiy endi "Kevo"ni boshqaradi

Aslanov Jasurbek
10 okt 2018, 16:21
"Kevo" rasmiy saytining xabar berishicha, klubning yangi bosh murabbiyi Jampero Ventura bo'ldi.

Muxatassis Verona klubi bilan 2 yillik bitim imzoladi.

Ventura qoniqarsiz natijalari tufayli iste'foga chiqarilgan Lorenco D'Anna o'rnini egalladi. "Kevo" A Seriyada minus 1 ochko bilan so'nggi o'rinni band etmoqda.

Oldinroq, 70 yoshli Ventura Italiya terma jamoasini Rossiyadagi jahon chempionatiga olib chiqolmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com