Italiya terma jamoasi va "Roma" sobiq himoyachisi 31 yoshida faoliyatini tugatdi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2022, 13:16
Mashhur italiyalik himoyachi Davide Santon doimiy jarohatlar tufayli 31 yoshida faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

"Faoliyatimni tugatishga majburman. Bu takliflar kamligidan emas, balki zamonaviy futbol bosimiga dosh berolmayotganimdan. Ketishni istamayman, lekin shunga majburman. Agar men o'ynashda davom etsam, nogiron bo'lib qolishim xavfi bor.Chap tizzam deyarli yo'q bo'lib ketdi. Va uch marta operaciya qilingan o'ng tizzamni buksam, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin", – dedi Santon.

31 yoshli Santon "Inter", "Chezena", "Nyukasl" va "Roma" klublarida o'ynagan. Italiya terma jamoasi safida 8 ta o'yin o'tkazgan. 2 karra Italiya chempioni, 2 karra Italiya Superkubogi sohibi, Italiya Kubogi sohibi, Chempionlar Ligasi g'olibi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport